Yana avtomobil muammosi...

10:22 22 Oktyabr 2019 Jamiyat
1035 0

Bugun avtomobil olish uchun toʻlov qilib, soʻngra uni kutib, sarson boʻlishdan charchagan fuqarolarimiz Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga muammolariga yechim izlab, tez-tez murojaat qilishadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoniga murojaat qilgan Mamur Nuriddinov ham “Lion motors” MCHJ bilan Nexia-3 rusumli avtomashinasini olish uchun shartnoma imzolab, 88 mln 660 ming 620 soʻm miqdorda toʻlovni amalga oshirgan.

Shartnomaga koʻra sentyabrda oʻz avtomobilini olishi kerak boʻlgan fuqaro bugunga qadar kutish bilan ovora. Uning arizasini oʻrganib chiqqan Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi xodimlari tomonidan “Lion motors” MCHJ xodimlariga isteʼmolchining qonuniy huquqlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shundan soʻng joriy yilning 13-oktyabr kuni avtomashina oʻz egasiga yetkazib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер