Yana 6 hududda 295 kishida koronavirus aniqlandi

09:57 01 Avgust 2020 Jamiyat
893 0

2020-yil 1-avgust soat 10.00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 24304 (+295) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 191 nafari Toshkent shahrida, 53 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Qashqadaryo viloyatida, 16 nafari Sirdaryo viloyatida, 13 nafari Fargʻona viloyatida hamda 4 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 14464 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 9697 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 594 nafari ogʻir, 197 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер