Yalpi majlisda aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash xususida koʻtarilgan masala hal etildi
Xabaringiz bor, Senatning har yalpi majlisida senatorlarning hududlarda olib borgan oʻrganishlari, fuqarolar bilan oʻtkazgan muloqotlari davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarga eʼtibor qaratiladi va ularning yechimi yuzasidan masʼullarga aniq vazifalar qoʻyiladi.
Senatning 36-yalpi majlisida Jizzax viloyati Zafarobod tumani “Birlik” va “Yorqin” mahallalari hududigacha diametri 450 mm. boʻlgan, uzunligi 13,5 km ichimlik suv quvurlarini yangidan qurish uchun 7 mlrd soʻm ajratish orqali aholining ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash masalasi senatorlar tomonidan koʻtarilgan edi.
Ushbu masala yuzasidan Senatning Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi masʼul etib belgilanib, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda masalaga yechim topish yuzasidan ishlar olib borildi.
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruh tuzib, “Fayz komunal qurilish” MCHJ tomonidan 7,2 mlrd soʻmlik 15 km ichimlik suvi tizimlarini qurish ishlari amalga oshirildi. Natijada Zafarobod tumani “Yorqin” hamda “Birlik” mahallalari aholisi ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring