Yalpi majlis muhokama etilishi nazarda tutilgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi

19:11 27 Iyun 2023 Siyosat
1317 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Bugun, 27-iyun kuni Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi doirasida muhokama etilishi rejalashtirilgan qonunlar dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Xususan, senatorlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun shular jumlasidandir.

Qonun bilan 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini ishlanmaydigan bayram kuni sifatida belgilashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilmoqda.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlash tizimini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Senatorlar tomonidan qonunlarga kiritilayotgan normalarni amaliyotda qo‘llash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlar haqida vazirlik va idoralar vakillaridan javoblar olindi.

Shuningdek, senatorlar tomonidan yalpi majlis kun tartibi doirasida muhokama etilishi rejalashtirilgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Majlis yakunida Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер