Yakkabogʻda ishchi ayollar ustiga kerosin sepib, yoqib yubormoqchi bo'ldi
Foto: www.google.com
Yakkabogʻ tumanida fermer ishchisi unga qarshilik koʻrsatgan ayollar ustiga kerosin sepib, yoqib yuborishga urindi, deb xabar bermoqda “Muxbir.uz” Telegram kanali.
Videoda ayollar qoʻlida yelim idishi boʻlgan shaxsga tashlangan, u esa idishdagi nomaʼlum suyuqlikni qarshilik koʻrsatgan ayollar ustiga sepgan. Ayollar uni tayoq bilan urishga urinadi.
Maʼlum boʻlishicha, tumandagi qishloqlarning birida 7 gektar bogʻ oʻrniga intensiv bogʻ yaratmoqchi boʻlgan fermer hosil berib turgan olma daraxtlarini kesib tashlamoqda. “Shu paytgacha 7 gektar bogʻning 5 gektaridagi 1500 ta mevali daraxt kesib tashlangan”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq qashqadaryolik tadbirkor Bahridin Isamovning doʻkonini buzmoqchi boʻlgan hokimning “snos”lar boʻyicha oʻrinbosari Mansur Tuymayevni tadbirkor yoqib yuborgani haqda xabar berilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring