Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir
Joriy yilning 22-aprel kuni Prezidentimiz boshchiligida oʻtkazilgan video selektorda barcha tuman va shaharlarda ishsiz qolgan hamda ehtiyojmand aholini nomma-nom aniqlab, shakllantirilgan roʻyxatlar asosida “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasidagi ishlarni manzilli yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatmalaridan kelib chiqqan holda, Payariq tumanida “Agromir” MCHJ, “Meyor qurilish asfalt” shoʻba korxonasi va boshqa saxovatpesha fuqarolar tomonidan jami 550 nafar kam taʼminlangan, ishsiz va ehtiyojmand oilalarga 12 turdagi oziq ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Ushbu harakatga tashabbus koʻrsatib, volontyor boʻlib kelgan yoshlar sinovli kunlarda Vataniga sidqidildan xizmat qilib, xalqning duosini olishmoqda. Keltirilgan mahsulotlarni SEOM xodimlari ishtirokida dezinfeksiya ishlari oʻtkazilib, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari oʻz egalariga yetkazilishida mazkur Volontyorlar jonbozlik koʻrsatishmoqda.
Urgut tumanidagi “URGUT FRESH GARDENS” fermer xoʻjaligi rahbari Ravshan Doniyev ham “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatining aʼzosi sifatida joriy yilning 25-aprel kuni tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshidagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaziga 37,5 tonna un, 1640 litr oʻsimlik yogʻi, 2,7 tonna guruch, qariyb 1 tonna shakar mahsulotlarini hadya qildi.
Tashabbuskor tadbirkorga fuqarolarimiz oʻz minnatdorchiligini bildirishmoqda.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring