“Yagona Xitoy” tamoyilini qatʼiy qoʻllab-quvvatlaymiz” — Oʻzbekiston TIV Tayvandagi saylovlar xususida bayonot berdi

13:42 15 Yanvar 2024 Siyosat
432 0

“Oʻzbekiston tomoni Tayvanda boʻlib oʻtgan saylovlar bilan bogʻliq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

“Yagona Xitoy” tamoyilini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashimiz va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Xitoyning yagona qonuniy hukumati, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismi ekanligini yana bir bor maʼlum qilamiz.

Oʻzbekiston Respublikasi ikki sohil oʻrtasidagi munosabatlarning tinch yoʻl bilan rivojlanishining qatʼiy tarafdori hamda XXR hukumatining Xitoyni birlashtirish yoʻlidagi barcha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi”, deyiladi Tashqi ishlar vazirligining bayonotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер