XV Toshkent xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qayta tiklangan “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilning 29-sentyabr – 2-oktyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida boʻlib oʻtadi. Kinofestivalning asosiy tadbirlari poytaxtda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Kinofestival dasturidan mahorat darslari, eksklyuziv kino namoyishlari, kinoteatrlarda Jahon kinosi kunlari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari filmlari festivali, yosh rejissyorlar uchun “Kino 5 kunda” tanlovi kabi tadbirlar oʻrin olgan.
Bundan tashqari, hozirda yangi “Renessans” kino uyida kinofestival ishchi guruhi faoliyat yuritayotgan boʻlib, ushbu katta tadbirning tashkiliy ishlari bilan shugʻullanmoqda. Festivalda kinoteatrlarda namoyishi belgilangan filmlarning saralash ishlari ham davom etmoqda.
Oʻtgan ikki yilgi kinofestivallarga nisbatan bu yilgi XV Toshkent xalqaro kinofestivali dasturiga maʻlum oʻzgarishlar kiritildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring