WBA reytingi yangilandi: bokschilarimizning oʻrni qanday?
Butunjahon boks assotsiatsiyasi professional bokschilarning reytingini yangiladi.
Yangilangan reytingda oʻzbekistonlik bokschilarning oʻtgan oyda egallagan oʻrinlari deyarli oʻzgarmagan.
Faqatgina Hasanboy Doʻstmatov bir pogʻona pastlab, 2-oʻrinda qayd etildi. Doʻstmatov oʻtgan oyda birinchi pogʻonani egallab turgan edi.
Reytinga koʻra, Otabek Xolmatov yarim yengil vaznda 4-pogʻonadan joy olgan.
Yarim oʻrta vaznda ringa koʻtariladigan bokschimiz Shahram Gʻiyosov oʻtgan oydagi singari 1-oʻrinda qayd etilgan.
Shuningdek, Isroil Madrimovning super yarim oʻrta vazn toifasidagi reytingi ham oʻzgarishsiz qoldirildi. Madrimov oʻz toifasida 4-pogʻonani egallab turibdi.
Super oʻrta vazn toifasida jang qiladigan charm qoʻlqop ustamiz Bektemir Meliqoʻziyev 3-oʻrinni band qilgan.
WBAning yangilangan reytingida Murodjon Ahmadaliyev birinchi yarim yengil vazn toifasida chempionlik oʻrnini egallab turibdi.
Maʼlumki, Murodjon Ahmadaliyev 15-dekabr kuni meksikalik Rikardo Espinosa ustidan gʻalaba qozonib WBA Interim kamari sohibiga aylangan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring