“V`zov” filmi asosida hujjatli serial yaratildi
Kosmosda suratga olingan ilk film haqida hikoya qiluvchi “V`zov. O filme, pokorivshem kosmos” hujjatli seriali suratga olindi. Hujjatli serial 20-aprel kuni premyerasi kutilayotgan “V`zov” filmi bilan birga namoyish qilinadi. Unda suratga olish jarayonlaridan lavhalar, aktyorlar bilan intervyular, filmdan kadrlar oʻrin olgan.
“V`zov” filmi rejissyori Klim Shipenko.
Hujjatli serial orqali tomoshabinlar rejissyorga kosmosda film olish gʻoyasi qanday kelib qolgani, aktrisa Yuliya Peresildning koinotda jarroh rolini oʻynashiga qancha vaqt sarflangani, kadr ortidagi qiziq jarayonlar bilan birga qiyinchiliklar haqida ham bilib olishadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring