Voleybol bo‘yicha «Millatlar ligasi» musobaqasi boshlandi
29-maydan 4-iyunga qadar Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasi xalqaro sport musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. Bu yerda Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA)ga a’zo davlatlar vakillari o‘rtasida “Millatlar ligasi” musobaqasi boshlandi.
Ushbu musobaqada Eron, Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston hamda O‘zbekiston jamoalari o‘raro kuch sinashadi.
Ushbu nufuzli musobaqaning ilk uchrashuvi — Eron va Hindiston terma jamoalari o‘tasida bo‘lib o‘tdi. Shiddatli kechgan bahsda Eron terma jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Musobaqalar davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring