Vodiy viloyatlarining gaz taʼminotini yaxshilash uchun yangi magistral gaz quvuri qurilmoqda

17:59 28 Dekabr 2022 Jamiyat
640 0

Magistral gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi doirasida 95 kilometr uzunlikdagi yangi “Yangiyer-Ohangaron” magistral gaz quvuri qurilmoqda.

Bugungi kunda obyekt qurilishi uchun 47 kilometrdan ortiq quvur olib kelindi va 6 kilometr qismi montaj qilindi. Yangi magistral gaz quvuri 2023-yilning uchinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur gaz quvuri ishga tushgach, vodiy viloyatlarining gaz taʼminoti yanada yaxshilanishiga erishiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер