Vobkentda mingga yaqin ehtiyojmand aholi vakillari bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

10:12 31 Yanvar 2023 Jamiyat
538 0

Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali vakillari va Rossiyadan kelgan yetakchi mutaxassislar ishtirokida Vobkent tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar tashkil etildi.

Aksiya doirasida shifokorlar tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hisobida turuvchi va ehtiyojmand bemorlardan 910 nafari bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, 143 nafarida turli kasalliklar aniqlandi.

Ushbu bemorlardan 36 nafari Vobkent tuman tibbiyot birlashmasiga gospitalizatsiya qilinib, 32 nafariga viloyat davolash muassasalariga yoʻllanma berildi. 8 nafarida esa yuqori texnologik amaliyotlar bajarildi. Qolgan bemorlarga ham tor soha mutaxassislari tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Endi bunday aksiyalar viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер