Vladimir Zelenskiy xorijliklar Ukraina Milliy gvardiyasida xizmat qilishiga ruxsat berdi

16:59 22 Fevral 2024 Dunyo
296 0

Foto: РИА «Новости»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xorijliklar Ukraina Milliy gvardiyasida xizmat qilishiga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi.

“Chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Ukraina Milliy gvardiyasida harbiy xizmatni oʻtashi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin”, — deyiladi Ukraina prezidenti rasmiy saytida eʼlon qilingan farmon matnida.

Avvalroq, “Associated Press” agentligi Ukrainaga postsovet va ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlardan yollanma askarlarning birinchi toʻlqini kelgani, 2023-yilda esa Kiyev faqat pul uchun Ukraina Qurolli kuchlari safiga qoʻshilgan lotin amerikaliklarni yollay boshlagani haqida xabar bergandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер