Vladimir Putin Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirladi

17:45 23 Iyul 2022 Siyosat
1400 0

Foto: president.uz

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Vladimir Putin tomonidan imzolangan hujjat matniga koʻra, Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi uchun orden bilan taqdirlandi.

Aleksandr Nevskiy ordeni Rossiya Federatsiyasining davlat mukofoti hisoblanadi.

Aleksandr Nevskiy ordeni — bu Rossiya imperiyasi, Sovet Ittifoqi va Rossiya Federatsiyasining mukofot tizimlarida (maʼlum oʻzgarishlar bilan) mavjud boʻlgan yagona mukofotdir.

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevning 2010-yildagi “Rossiya Federatsiyasining davlat mukofotlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan Aleksandr Nevskiy ordeni Rossiya davlat mukofotlari tizimiga kiritilgani belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер