Vladimir Norov Moʻgʻulistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Dorj Bayarxuuni qabul qildi

14:22 25 Avgust 2022 Siyosat
1150 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2022-yil 25-avgust kuni tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Moʻgʻulistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi (qarorgohi Nur-Sulton shahrida) etib tayinlangan Dorj Bayarxuuni qabul qildi.

Uchrashuv Elchining V.Norovga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bilan boshlandi. Tashqi siyosat idorasi rahbari Elchiga diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston hamkorligining bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Konstruktiv siyosiy muloqotni faollashtirishga tomonlarning oʻzaro tayyorligi taʼkidlandi. Oʻzaro hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish, parlamentlararo diplomatiyani rivojlantirish va TIVlararo maslahatlashuvlarni oʻtkazish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Savdo, investitsiya, qishloq xoʻjaligi, turizm va madaniy-gumanitar hamkorlik sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston oʻrtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, 2022-yil 15-16-sentyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan SHHTga aʼzo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashi majlisida Moʻgʻuliston delegatsiyasining ishtiroki yuzasidan tegishli masalalar koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер