Vladimir Norov Xitoyning Sindao shahri vitse-meri Lyu Szyansyunni qabul qildi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati
2022-yil 4-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Xitoyning Sindao shahri vitse-meri Lyu Szyansyunni qabul qildi.
Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlarini hamda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha fikr almashildi.
Sindao shahridagi “Xitoy – SHHT” Pilot zonasi va Samarqand shahridagi “Oʻzbekiston – SHHT” sanoat zonasi oʻrtasida aloqalarni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Ikki mamlakatning turli sohalardagi har tomonlama strategik sherikligini yanada mustahkamlash istiqbollari, jumladan, XXR raisi Si Szinpinning 2022-yil sentyabr oyida Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Ikki tomonlama munosabatlarda mintaqalararo hamkorlik alohida oʻrin tutgani barobarida, Sindaoning Oʻzbekiston shaharlari bilan rishtalarni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligi taʼkidlandi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovga 2019-2021-yillarda SHHT Bosh kotibi lavozimida ishlagan davrida “Xitoy – SHHT” Pilot zonasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun “Sindao shahrining faxriy fuqarosi” unvonini berish toʻgʻrisidagi guvohnoma topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring