Vladimir Norov YXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-yigʻilishida ishtirok etish uchun Polshaga boradi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
30-noyabr – 3-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-yigʻilishida ishtirok etish uchun Lodz (Polsha) shahriga tashrif buyuradi.
Tadbirda YEXHT doirasidagi oʻzaro hamkorlikning dolzarb masalalari va Tashkilot faoliyatining ayrim jihatlari yuzasidan fikr almashish koʻzda tutilgan.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi qator ikki va koʻp tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring