Virusolog «Omikron» qiyin kechadigan odamlar toifasini maʼlum qildi
Foto: РИА «Новости»
«Omikron» shtammi emlanmagan va koronavirusga chalinmaganlar odamlar uchun xavfli boʻlishi mumkin. Bu haqda rossiyalik virusolog Pavel Volchkov maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, vaksina ushbu shtammda ham infeksiyani osonroq kechishiga yordam beradi.
“Bu bizning immun tizimimiz bilan bogʻliq jarayon. Ammo koronavirus bilan ogʻrimagan bemorlarda ushbu shtamm jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin”, deydi u.
Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, ushbu shtamm bilan zararlanganlar orasida koʻpincha quyidagi alomatlar kuzatiladi: burun oqishi, bosh ogʻrigʻi, charchoqning kuchayishi, tez-tez aksirish va tomoq ogʻrigʻi. Bundan tashqari, kamdan-kam uchraydigan bir alomat — ishtahani yoʻqolishi ham qayd etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring