Viloyat va tuman tibbiyot idoralari profilaktika oʻrniga “odamlar qachon kasal boʻlsa, shunda davolaymiz” deb, haliyam eskicha fikrlab yuribdi — Prezident
Yigʻilishda kasalliklarni erta aniqlash, jumladan, kardiologiya, endokrinologiya va onkologiya skrininglarini tashkil etishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi.
Oʻtgan yili onkologiya kasalligi bilan roʻyxatga olingan bemorlarning qariyb yarmida kasallik kech aniqlangan.
Joylarda dispanser nazoratida turgan, surunkali kasalligi bor aholini sogʻlomlashtirish ishlari yetarli emas.
Umuman, viloyat va tuman tibbiyot idoralari profilaktika oʻrniga “odamlar qachon kasal boʻlsa, shunda davolaymiz” deb, haliyam eskicha fikrlab yurgani tanqid qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring