Viloyat rahbari ijodkor yoshlar muammolarini oʻrgandi
Foto: Xalq so‘zi
Kecha Guliston shahrida ijodkor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha bir yoʻla ikkita tadbir boʻlib oʻtdi.
Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tashkil etilgan aksiyada maxsus maktablar tarbiyalanuvchilari, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan yoshlar tomonidan yaratilgan 344 ta ijodiy ishlar - tasviriy va amaliy sanʼat namunalari, dekorativ buyumlar sotuvga qoʻyildi. Unda eng yuqori baho 3 million soʻmgacha yetdi.

Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyevning ayni shu yerdagi studiya orqali yosh ijodkorlar bilan videokonferensiya shaklida oʻtkazgan muloqotida ularning muammo va takliflari oʻrganildi.
Soʻngra viloyat hokimligida A. Maxmudaliyev bir guruh faol yoshlar bilan uchrashdi. Unda yoshlarning ijodiy qobiliyatini yuksaltirishga eʼtiborni kuchaytirish, ular tomonidan taklif etilayotgan madaniy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash kabi masalalar xususida soʻz bordi. Uchrashuvda yoshlarning nafaqat fikr va mulohazalari, talab va takliflari eshitildi, balki badiiy-musiqiy ijod namunalariga ham keng oʻrin berildi.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring