Viloyat hokimlari chekka va olis qishloqlarga un va un mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha transport xarajatlarini qoplab berish tizimini yoʻlga qoʻyadi
Foto: president.uz
Prezident huzurida gʻallachilikdagi islohotlarning eng muhim bosqichiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
«Oʻzdonmahsulot» oʻzi ham, 43 ta korxonasi ham yangi bozor sharoitlarida ishlashga oʻrganishi shartligi taʼkidlandi.
Bundan buyon, «Oʻzdonmahsulot» korxonalari ham, xususiy korxonalar ham un ishlab chiqarishga bugʻdoyni birja orqali bozor narxida sotib olishi belgilandi.
Ularga gʻalla sotib olishga aylanma mablagʻ uchun 800 milliard soʻm miqdorida kredit resurslari ajratiladi.
Shu bilan birga, viloyat hokimlari zamonaviy, ixcham, energotejamkor un ishlab chiqarish korxonalarini koʻpaytirishi zarurligi qayd etildi.
Klaster tomonidan gʻalla ekish uchun yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish boʻyicha Buxoro tajribasini barcha hududlarda joriy qilib, gʻalla maydonlarini kengaytirish va hosildorlikni oshirish choralarini koʻrish vazifasi qoʻyildi.
Viloyat hokimlari oldiga chekka va olis qishloqlarga un va un mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha transport xarajatlarini qoplab berish tizimini yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring