Viloyat bolalar shifoxonalari Xitoy granti asosida MRT uskunalari bilan jihozlanmoqda — SSV

12:45 18 Iyul 2023 Jamiyat
923 0

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan muloqotda qayd etilganidek, davlatlarimiz oʻrtasida tibbiyot sohasidagi aloqalar koʻlami tobora kengayib bormoqda.

Bunda Prezidentimizning joriy yil may oyida ushbu mamlakatga tashrifi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralarda oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollari belgilab olingani muhim ahamiyat kasb etyapti.

Uchrashuvda birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar xususida soʻz yuritildi. Viloyat bolalar va kattalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini magnit-rezonans tomografiya uskunalari bilan jihozlashga doir belgilangan ishlar shular jumlasidan.

Uning doirasida Toshkent, Andijon, Samarqand viloyatlari bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va boshqa muassasalarni ana shunday zamonaviy apparatlar bilan taʼminlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, muloqotda shu yil oxirigacha Oʻzbekiston — Xitoy xalqaro tibbiyot forumini oʻtkazish, tibbiy taʼlim, kadrlar almashinuvi, farmatsevtika, xalq tabobati va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishga doir masalalar ham muhokama etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер