Veterinariya sohasidagi o‘zgarishlar qonun bilan mustahkamlanmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning qirq uchinchi yalpi majlisida “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda veterinariya sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek samarali veterinariya nazoratini ta’minlash va veterinariya xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan veterinariya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha zamonaviy ta’lim tizimini yaratish, shuningdek mazkur sohada faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini yanada kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Shu boisdan ushbu Qonun bilan Davlat veterinariya xizmati tarkibiy bo‘linmalaridan birining nomini aniqlashtiruvchi, shuningdek veterinariya nazorati ob’yektlariga moneliksiz kirish yuzasidan bosh davlat veterinariya inspektorlarining, ular o‘rinbosarlarining va davlat veterinariya inspektorlarining vakolatlarini qisqartiruvchi o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.

O‘z navbatida, Senat a’zolari tomonidan Qonun muhokamasi jarayonida kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar veterinariya sohasidagi kadrlar salohiyatini rivojlantirishga, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini yanada ta’minlashga va davlat veterinariya inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarning tartibini takomillashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring