Vengriya Yevropa Ittifoqining yangi shiorini eʼlon qildi
Foto: AP
Olti oy Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qiladigan Vengriya «Yevropani yana buyuk qilaylik!» shiorini tanladi. Bu haqda «Politico» nashri xabar berishmoqda.
Gap shundaki, ushbu shior Donald Trampning 2016-yilgi AQSH prezidentlik kampaniyasidagi «Amerikani yana buyuk qilish» shiorining remeykidir. Vengriyaning Yevropa Ittifoqi ishlari boʻyicha vaziri Yanosh Bokaning tushuntirishicha, shior Yevropa Ittifoqidagi birlikning muhimligini taʼkidlab, alohida mamlakatlarga oʻzligini saqlab qolishga imkon berishdan iborat.
Jurnalistlar matbuot anjumani chogʻida Tramp shioriga oʻxshashlik haqida savollar berishdi. Boka, asosiy eʼtibor Tramp kampaniyasini takrorlashga emas, balki faol va kuchli prezidentlikka qaratilganini aytdi.
Vengriya oʻz raisligi davrida bir qancha muhim sohalarga ustuvor ahamiyat berishni rejalashtirmoqda. Fermerlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan raqobatdosh yangi qishloq xoʻjaligi bitimini joriy etish, tashqi chegaralarni himoya qilishni kuchaytirish va migratsiyani yanada samarali boshqarish kabilar shular jumlasidandir.
Vengriyaning «Yevropani yana buyuk qilish!» shiorini qabul qilishi Bosh vazir Viktor Orban davridagi rossiyaparast pozitsiyasini hisobga olgan holda eʼtiborga molik qadamdir. Ushbu shiorni qabul qilish, shuningdek, Vengriya uchun diplomatik muvozanat muhimligini ifodalaydi. Bu AQSH bilan qulay munosabatlarni saqlab qolishning bir usuli boʻlib xizmat qiladi, ayniqsa, Trampga oʻxshash shaxs hokimiyatga qaytsa, shu bilan birga Vengriyaning Rossiya bilan yaqin aloqalari haqidagi tasavvurlarga qarshi turadi.
Avvalroq, Vengriya NATO yordamining Ukrainaga kelishiga ruxsat bergan va yordam paketini bloklamasligini bildirganini maʼlum qilgan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring