Vengriya Bosh vaziri uchinchi jahon urushi xavfidan ogohlantirdi
Foto: РИА Новости
Kelgusi yillarda hozirgi jarayonlarni Uchinchi jahon urushi debochasi yoki hatto uning epizodi deb atash mumkin. Ushbu fikrlarni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban aytib oʻtdi.
«Ehtimol, 10-yildan keyin hozirgi jarayonlarni Uchinchi jahon urushi debochasi, deb atash mumkin. Agar vaziyat yomonlashsa va biz Bryusselda yuzaga kelgan urush psixozini nazorat qila olmasak, bu yillar tarixi ham buyuk jahon urushining birinchi yillari epizodi boʻlishini istisno qilib boʻlmaydi», deydi Orban.
Oldinroq, Vengriya Bosh vaziri Gʻarb siyosatchilari va ommaviy axborot vositalarining bayonotlari Yevropa Rossiya bilan urushga tayyorlanayotganidan dalolat berishini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, NATOning Bryusseldagi ishchi guruhlari alyans Ukrainadagi mojaroda qanday ishtirok etishi mumkinligini aniqlashga harakat qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring