Vengriya bilan transport sohasidagi aloqalar rivojlantiriladi

19:45 27 Iyul 2023 Siyosat
500 0

Oʻzbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Vengriya poytaxti Budapesht shahriga amalga oshirgan xizmat safari doirasida transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev Vengriya davlat kotibining tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha oʻrinbosari Katalin Bixari hamda xalqaro munosabatlar boshqarmasi rahbari Judja Zegner xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda transport-logistika hamda turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantirishda ikki mamlakat uchun manfaatli boʻlgan takliflar muhokama etildi.

Xususan, Toshkent – Budapesht yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish hamda ushbu yoʻshnalishdagi reyslar muntazamligini taʻminlash bilan bogʻliq jihatlar koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер