Vengriya bilan hamkorlikda parrandachilik klasterini tashkil etish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti doirasida oʻz delegatsiyasi bilan Samarqand shahrida boʻlib turgan Vengriyaning Bonafarm Csoport kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida Bonafarm Csoport hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamkorligida Toshkent viloyatida tashkil etilishi rejalashtirilgan qiymati 150 mln AQSH dollariga teng investitsion loyiha - parrandachilik klasterini tashkil etish boʻyicha muhokamalar boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar yakuniga koʻra, Anglashuv memorandumi imzolandi hamda “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring