Venesuelaning O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram
Rozalba Lo Buye Antiko Venesuelaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram'dagi kanalida ma'lum qildi.
Bildirilishicha, bugun, 9-dekabr kuni Baxtiyor Saidov Tashqi ishlar vazirligida Venesuelaning O‘zbekistondagi elchisi Rozalba Lo Buye Antiko bilan uchrashgan va ishonch yorlig‘ini qabul qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring