Velosport: trekchilarimiz uchun yilning birinchi starti boshlanmoqda
Portugaliyaning Anadiya shahrida bugun velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha xalqaro musobaqa start oladi.
Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.
22-yanvarga qadar davom etadigan bellashuvlarda sportchilarimiz ochkolar boʻyicha poyga, omnium, skretch, medison dasturlarida qatnashadilar.
Toʻliq tarkib quyidagicha:
Danil Yevdokimov
Aleksey Fomovskiy
Dmitriy Bocharov
Vladislav Troman
Edem Eminov
Margarita Misyurina
Sofiya Karimova
Nafosat Qoʻziyeva
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring