Velosport: Oʻzbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqada qatnashadi
Velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi asosini tashkil etuvchi “Tashkent City Women Professional Cycling Team” klubi Avstraliyaga yoʻl oldi.
6 nafar sportchidan iborat jamoamiz “yashil qitʼa”da 5-fevralgacha oʻquv-mashgʻulot yigʻini, 3 ta xalqaro musobaqa va Jahon kubogi bosqichida ishtirok etadi.
Turnirlardan birinchisi 12-14-yanvar kunlari oʻtadigan “Santos Tour Down Under Womenʻs World Tour” musobaqasi boʻlib, unda dunyoning yetakchi jamoalari ishtirok etadi. Avstraliyaga quyidagi sportchilarimiz yoʻl oldi:
Olga Zabelinskaya
Yanina Kuskova
Margarita Misyurina
Nafosat Koziyeva
Sofiya Karimova
Madina Qahhorova
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring