Velosport: hamyurtlarimiz Vatanimiz sharafini himoya qilishadi
Bugun Polshada velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha “Grand Prix Poland UCI 2” musobaqasi start oldi. 10-dekabrga qadar davom etadigan ushbu turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etyapti.
Dasturga koʻra, bugun sportchilarimiz skretch va ochkolar poygasi dasturida qatnashishmoqda.
Musobaqada Olga Zabelinskaya, Sofiya Karimova, Nafosat Koziyeva hamda Margarita Misyurina yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Qayd etish joiz, ushbu turnir sportchilarga Parij-2024 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring