“Vektor” vaksinasi kimlarga mos kelishi maʼlum boʻldi

12:29 12 Oktyabr 2020 Dunyo
793 0

Rossiya virusologiya va biotexnologiyalar markazi “Vektor” tomonidan ishlab chiqilgan vaksina yoshi kattalar va surunkali kasalligi boʻlgan kishilarga koʻproq mos keladi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.

“Bizning xulosamizga koʻra, GNS “Vektor” tomonidan ishlab chiqilgan vaksina katta yoshli, surunkali kasalligi bor odamlarga koʻproq mos keladi. Bu toʻliq sintetik vaksina boʻlib, unda tirik oqsil yoki hech qanday virus fragmentlari yoʻq", - dedi Rospotrebnadzor markazi direktori Anna Popova

Popovaning aytishiga qaraganda, vaksinada sunʼiy yoʻl bilan olingan oqsil-tashuvchiga gen muhandisligi uslubi bilan yaratilgan uchta peptid ulangan. Ushbu birikma insonda koronavirusga qarshi immun javob uygʻotadi. Vaksina mutlaq stabil va oʻzgarmas boʻlib, insonda hech qanday allergik reaksiya qoʻzgʻamaydi. Bu vaksina sinovning har bir bosqichida hayvonlarda va odamlarda tasdiqlangan. 

Popova ushbu vaksina sinovida uning oʻzi ham koʻngilli sifatida ishtirok etganini maʼlum qildi. Pollinoz allergiyasi boʻlishiga qaramasdan - hech qanday reaksiya sezmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер