Vazirlar Mahkamasida tayinlov amalga oshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Bu haqda OʻzA telegram kanali xabar bermoqda.
Unga koʻra, Baxodirjon Ochilboyevich Onorboyev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyatining mudiri etib tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring