Vazir olis qishloqdagi tibbiy xizmatlar sifatini oʻrgandi — SSV

13:14 01 Yanvar 2024 Jamiyat
282 0

Xalqimiz tibbiyotdan toʻlaqonli rozi boʻlishi uchun malakali tibbiy xizmat aholiga yanada yaqinlashishi shart. Bu borada eng katta masʼuliyat birlamchi boʻgʻin muassasalari zimmasiga tushadi.

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Samarqand viloyatiga xizmat safari doirasida mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Urgut tumanida boʻldi.

Tuman markazidan 18 kilometr uzoqlikda, chegara hududda yangidan barpo etilib, ishga tushirilgan Jarqishloq oilaviy shifokor punkti 2 ta mahallaning 8,4 mingga yaqin aholisiga xizmat koʻrsatadi. 50 qatnovga moʻljallagan.

Muassasada 3 nafar shifokor va 13 nafar oʻrta tibbiyot xodimi faoliyat yuritmoqda. Toʻrtta tibbiy brigada tashkil etilgan.

Vazir mazkur oilaviy shifokor punktini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarning oldini olish, patronaj xizmati faoliyatini takomillashtirish kabi masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, A.Inoyatov aholi vakillari bilan muloqotda ularning taklif va murojaatlarini tinglab, amaliy yordam koʻrsatadigan boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, kelgusi yilda yurtimiz boʻyicha 100 dan ziyod ana shunday oilaviy shifokorlik punktlarini barpo etish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер