Vatikan Oʻzbekistondagi yangi elchisini tayinladi

10:00 18 Yanvar 2021 Siyosat
1057 0

Vatikan matbuot xizmatining rasmiy xabarnomasiga koʻra, Pestum arxiyepiskopi Jovanni dʻAniyello Oʻzbekistondagi yangi apostol nunsiysi (Vatikan elchisi) etib tayinlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Rim papasi Fransiskning qaroriga binoan, 66 yoshli diplomat bir vaqtning oʻzida Rossiya va Oʻzbekistonda Vatikan manfaatlarini himoya qiladi.

Jovanni dʻAniyello 1955-yil 5-yanvar kuni Italiyada tugʻilgan. Oʻrta maktab va gimnaziyani tugatgach, Salerno shahridagi Mintaqalararo seminariya va Kampano Papa seminariyasida falsafa va ilohiyot yoʻnalishlarida taʼlim olgan. U Rimdagi Papa Lateran universiteti va Muqaddas Foma Papa universitetida kanonik huquqni oʻrgangan, kanonik huquq doktori ilmiy unvoniga sazovor boʻlgan.

Bundan avvalroq diplomat Vatikanning Braziliya, Kambodja va Tailanddagi elchisi lavozimlarida ishlagan, Kongo, Laos va Myanmada faoliyat yuritgan.

Jovanni dʻAniyello Chelestino Milyore oʻrniga tayinlandi. Ch.Milyore esa Vatikanning Fransiyadagi elchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер