Vatandoshlarim mendan oʻzgarishlarga bosh boʻlishimni soʻrashdi — Rizo Pahlaviy
Eron valiahd shahzodasi Rizo Pahlaviy Gʻarb davlatlarini Eron xalqini qoʻllab-quvvatlashga va Tehrondagi amaldagi hukumatni agʻdarishga yordam berishga chaqirdi. U bu haqida Myunxenda oʻtayotgan xavfsizlik konferensiyasida aytib oʻtgan.
Uning soʻzlariga koʻra, Eron fuqarolari Pahlaviydan mamlakatdagi oʻzgarishlarga rahbarlik qilishni soʻragan.
“Vatandoshlarim mendan oʻzgarishlarga bosh boʻlishimni soʻrashdi”, — degan Eron valiahd shahzodasi.
Shuningdek, Rizo Pahlaviy Gʻarb mamlakatlarining siyosiy va diplomatik koʻmagiga umid qilayotganini ham qoʻshimcha qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring