Vatan posbonlariga!

17:00 13 Yanvar 2020 Jamiyat
3639 0

Ulugʻ millatga oʻgʻlon, posbonlar,

Elu yurt tinchi, qoʻrgʻon, posbonlar.

Ulugʻ ishdir Vatanni asramoqlik,

Vatan koʻz boʻlsa — mijgon, posbonlar.

Temurxon naslidirsiz, sizga meros

Azaldin shu tomir, qon, posbonlar.

Matonat — oru nomus ham gʻururdir,

Bu — oq sut birla ham jon, posbonlar.

Bu mardlik ibratinkim, sizga bermish

Ki, Oliy Bosh qoʻmondon, posbonlar.

Vatan nomi bilan aylab qasamyod,

Turibsiz mardi maydon, posbonlar.

Jahon xoli emas xavfu xatardin,

Diyoru yorga qalqon, posbonlar.

Toʻkib yulduzlarini yelkangizga,

Egilsin sizga osmon, posbonlar.

Koʻkargay hurligu tinchlik bilan el,

Zamonu davru davron, posbonlar.

Sirojiddin SAYYID,

Oʻzbekiston xalq shoiri

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер