Vashington meri 1-sentyabrni AQSH poytaxtida Oʻzbekiston mustaqilligi kuni deb eʼlon qildi
Vashington shahri meri Myuriel Bauzer 2023-yil 1-sentyabrni AQSH poytaxtida “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi kuni” deb rasman eʼlon qildi.
Istiqlolimizning 32 yilligi munosabati bilan qabul qilingan deklaratsiyada AQSH poytaxti meri Oʻzbekistonda Mustaqillik kunining ahamiyatini eʼtirof etib, Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekiston mustaqilligini birinchilardan boʻlib tan olganini taʼkidlagan. Merning bayonoti ushbu kunning ahamiyatini eʼtirof etibgina qolmay, balki oʻzbek jamoalarining Vashingtonning “boy xilma-xilligi, madaniyati va anʼanalariga” beradigan qadriyatini urgʻulaydi.
“Dunyo” AAga koʻra, Vashingtonda 1-sentyabrning Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni deb eʼlon qilinishi ramziy maʼno emas, bu ikki xalq oʻrtasidagi tobora mustahkamlanib borayotgan munosabatlarning belgisidir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring