Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

12:03 25 Yanvar 2024 Jamiyat
389 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Q.Sh., М.М. va D.K. jami 6 400 AQSH dollarini fuqaro А.А.gа 79,7 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Xiva tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan D.К. jami 4 000 AQSH dollarini fuqaro Q.R.dan 49,5 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Samarqand shahar boʻlim tomonidan IIB va Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan А.J. jami 3 500 AQSH dollarini fuqaro D.Х.gа 43,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Yakkabogʻ tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Т.М. va А.R. jami 3 000 AQSH dollarini fuqaro Н.S.га 37,4 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер