Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

11:13 12 Yanvar 2024 Jamiyat
488 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan Chirchiq shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan S.S. jami 3 000 AQSH dollarini fuqaro E.M.ga 37,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 1 304 AQSH dollari, 100 yevro va 70 ming Qozoq tengesi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Samarqand tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan M.O. jami 3 200 AQSH dollarini fuaro A.A.ga 39,6 mln soʻmga sotgan vaqtida shayoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер