Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.R. va boshqalar fuqaro Gʻ.A.ga jami 10 000 AQSH dollarini 124,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring