Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

19:00 15 Avgust 2023 Jamiyat
481 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan S.I. 4 000 AQSH dollarini fuqaro R.A.ga 46,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qoʻshkoʻpir tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan X.A. fuqaro S.A.ga 3 400 AQSH dollarini 41,4 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер