Vaksina qanday ishlaydi?
Vaksinani qabul qilgandan soʻng antitanalar (immunoglobulinlar) paydo boʻladi. Antitanalar faqat 5-7 kundan keyingina aniqlanadi, ular 20-22 kundan keyin maksimal miqdorga yetadi.
Shundan keyin antitanalarning soni kamayadi va bir necha oydan keyin umuman yoʻqoladi yoki juda kam boʻladi.
Lekin bunda immunologik xotira saqlanib qoladi, uning tashuvchilari kichik T- va B-limfotsitlar hisoblanadi. Agar vaksina ikkinchi marta tanaga yuborilsa, u holda antitanalar juda tezroq, yaʼni 1-2 kundan keyin paydo boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring