Uzoq kutilgan hujjat tasdiqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarori bilan “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom” tasdiqlandi.
Mazkur nizom bilan xalq taʼlimi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi belgilandi.
Nizomga muvofiq, endilikda xalq taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari reyestri shakllantiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring