“UZGROW Tashkent — 2021»: ixcham uskuna va tejamkor texnologiyalar namoyishi
Poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “UZGROW Tashkent — 2021» xalqaro koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.
Issiqxona va sugʻorish tizimlari namoyishi hamda oʻzaro muzokaralar maydoniga aylangan mazkur anjuman Turkiyaning “Sofuar LTD STi” korxonasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi hamda “BMB Trade Group” kompaniyasi koʻmagida tashkil etildi.
Shu yilning 4 — 6-noyabr kunlari boʻlib oʻtadigan xalqaro koʻrgazmada Turkiyaning 17
Bu ishtirokchilarga ham muzokaralar olib borish, xalqaro bozorlarda yangi hamkorlar topish uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratadi, albatta.
— Biz koʻplab davlatlarda oʻz loyihalarimizni amalga oshirganmiz, yaʼni issiqxonalar qurganmiz, — deydi Turkiyaning “YMS Sera Sistemleri” kompaniyasi bosh
Koʻrgazmada mahsulotlarimizga qiziqish yuqori boʻlmoqda. Xususan, dastlabki kundayoq sirdaryolik fermerlar bilan hamkorlik qilish haqida kelishib oldik.
Xalqaro koʻrgazmada yurtimizda qishloq xoʻjaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga bevosita maslahat berish maqsadida sohaning konsalting kompaniyalari vakillari ham qatnashmoqda.
Shuningdek, bu yerda ishtirokchilar B2B formatida muzokaralar olib borib, manfaatli shartnomalar tuzish uchun yetarlicha sharoit yaratilgan.
Shu maʼnoda, xalqaro koʻrgazma tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, endi ish boshlagan ishbilarmonlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, ichki va tashqi bozorga sotishga qaratilgan investitsiya loyihalarni amalga oshirishda katta yordam beradi.
Dilshod ULUGʻMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring