Uzcard va Humoʻning integratsiya ishlari yakunlandi

19:37 10 May 2023 Iqtisodiyot
1109 0

Uzcard va Humo toʻlov tizimlari bankomatlarini integratsiya qilish boʻyicha texnik ishlarni yakunladi. Hozirgi vaqtda pilot rejimida ikkita bankomat ishlab turibdi: Uzcardʻga ulangan va Humo bank kartalarini qabul qiluvchi “Kapitalbank” ATB bankomati, shuningdek, Humo’ga ulangan va Uzcard kartalari qabul qilinishini taʼminlaydigan “Xalq banki” ATB bankomati.

Toʻlov tizimlarining ikkala operatori tomonidan test sinovlari muvaffaqiyatli yakunlanib, shuningdek, tranzaksiyalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatolar aniqlangandan soʻng, tijorat banklarining barcha bankomatlarini ulash rejalashtiriladi.

2023-yil 1-iyundan boshlab tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash boshlanishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер