UZCARD va HUMO terminallarida har ikki kartadan ham toʻlov qilish imkoniyati yaratiladi

21:20 13 Aprel 2021 Iqtisodiyot
1484 0

UZCARD va HUMO toʻlov tizimlari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat Oʻzbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarni takomillashtirishga xizmat qiluvchi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni koʻzda tutadi. Memorandum doirasidagi ilk loyihaga koʻra, kompaniyalar infratuzilmalarining bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi amalga oshiriladi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati maʼlum qildi. 

2021-yil oxiriga qadar toʻlov tizimlari terminallari ikkala turdagi kartalarni ham qabul qila boshlaydi. Isteʼmolchilar savdo nuqtalari qaysi terminaldan foydalanayotganini soʻrab oʻtirishiga ham hojat qolmaydi, tadbirkorlar esa har ikkala kartadan ham toʻlovlarni bitta terminal orqali qabul qila oladilar.

Shuningdek, memorandum doirasida kompaniyalar,

– karta egalari, banklar, toʻlov tashkilotlari va chakana savdo nuqtalarining manfaatlarini himoya qilish;

– naqdsiz toʻlovlarni ragʻbatlantirish uchun texnologiyalarni takomillashtirish va infratuzilmani kengaytirish;

– toʻlov infratuzilmasining ishonchliligi va axborot xavfsizligini taʼminlashga doir loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер