Uzbekistan GTL zavodida jahon tarixida ilk bor sintetik aviakerosin mahsuloti ishlab chiqarildi
Uzbekistan GTL zavodida jahon tarixida ilk bor, xalqaro standart (ASTM D-7566) va texnik talablariga mos boʻlgan sintetik aviakerosin mahsuloti ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi.
Maʼlum boʻlishicha, sintetik kerosinning 23 ta asosiy fizik-kimyoviy va texnik parametrlari toʻliq talab darajasiga yetkazilgan. Asosiy parametrlardan biri boʻlgan muzlash harorati xalqaro standart talab darajasiga (-47 daraja) yetkazish ishlari yakunlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring