Uzbekistan Airways Urganchga qoʻshimcha aviaqatnovni amalga oshiradi
“Lazgi” xalqaro raqs festivali ishtirokchilari va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida “Uzbekistan Airways” AJ faqatgina 2022-yil 26-aprel kuni Toshkent — Urganch — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnovni yoʻlga qoʻyadi.
HY-051 va HY-052 qatnovlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshriladi (mahalliy vaqt):
— Toshkentdan joʻnab ketish 11:00;
— Urganchga yetib borish 12:30;
— Urganchdan joʻnab ketish 13:30;
— Toshkentga yetib borish 14:50.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring